Asosiy kontentga o‘tish
Juma 25-sentyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Taʼlim dargohida isteʼdodli o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

28.05.2024
0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari, O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo'mitasi raisi Aktam Xaitov Andijon viloyatiga tashrifi mobaynida Buloqboshi tumanidagi 43-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham bo'ldi.


Ta'lim dargohida pedagog o'qituvchilar hamda iste'dodli o'quvchi-yoshlar bilan uchrashgan partiya yetakchisi o'zaro samimiy muloqot ruhida kechgan suhbatda yurtimiz egalari bo'lgan yoshlarga ko'rsatilayotgan e'tibor bugun har qachongidan ham yuqori pog'onaga ko'tarilganini e'tirof etdi.


Bugun yurtimiz yoshlari adolatli ravishda o'z zimmasiga Vatan kelajagi uchun ma'suliyatni olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunning hal qiluvchi kuchiga aylanayotganini alqadi.


Yangi O'zbekiston bunyodkorlari bo'lgan yoshlarimizni tarbiyalash uchun ta'lim tizimi zamon talablari asosida tubdan yangilanayotganiga e'tibor qaratdi.


"O'zbekiston – 2030" strategiyasida ta'lim tizimi islohotlari eng birinchi vazifa etib belgilanganining mazmun-mohiyatini ochib berdi.


Davlatimiz rahbari g'oyat o'rinli ta'kidlaganidek, mamlakatda olib borilayotgan ta'lim islohotlariga barcha daxldor ekaniga urg'u berdi.


O'zLiDeP ham yoshlarning ta'lim olishi, yangi bilimlarni, yangi ko'nikmalarni egallashi, kundalik hayotda bilim va texnologiyalardan oqilona va samarali foydalanishi uchun, shuningdek yigit va qizlarning professional, ijodiy va xizmat pog'onalaridan o'sishi, o'z bizneslarini tashkil etishi uchun barcha imkoniyatlarni, eng qulay shart-sharoitlarni yaratib berish yo'lidagi islohotlarni amalga oshirishda jonbozlik ko'rsatayotganini ta'kidladi.


Xususan, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlarida uzluksizlik, zamonaviylik va qulaylik tamoyillariga ustuvorlik berilayotganini qayd etdi.


Bugun xorijiy tillarni o'qitish sifatini oshirish va o'quvchilarni maktab partasidan boshlab tadbirkorlik va kasbga yo'naltirish masalalariga katta e'tibor qaratilayotgani, bu esa o'z navbatida ularning yetuk mutaxassis bo'lib yetishishi, farovonligini ta'minlashida tamal toshi bo'lib xizmat qilayotganini aytdi.


Shuningdek, ta'limda xususiy sektorning ulushi ortib borishi bilan sohada sog'lom raqobat muhiti yuzaga kelgani, yoshlarga tanlov imkoniyatlarini oshirgani, xususiy ta'lim muassasalarining yoshlarni sifatli ta'lim bilan qamrab olinishida davlatga ko'makchi bo'layotgani xususida ham to'xtaldi.


Xususiy ta'lim muassasalari sohada ta'lim sifatini oshirish, madaniyatini shakllantirish, o'zini o'zi rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etibgina qolmasdan, xususiy sektor davlatning ta'lim xizmatlari bilan ta'minlash yukining bir qismini o'ziga olgan holda aholining ta'lim olishiga bo'lgan ehtiyojlarini qondira boshlagani e'tiborga molik ekanini qayd etdi.


Ta'lim va ilm-fan, texnologiyalarni yana-da rivojlantirish, uzluksiz ta'lim tizimini yana-da takomillashtirish tarafdori bo'lgan partiya bundan buyon ham yoshlarni ta'lim olishi, yetuk salohiyatli kadr bo'lib yetishishi, bandligining ta'minlanishi, jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida o'zining o'rni va ovoziga ega bo'lishida yaqin ko'makchi bo'lib qolishini bildirdi.


Partiya yetakchisi o'quvchi-yoshlar bilan o'tkazilgan muloqot uchrashuvi asnosida ularning orzu-istaklari, davlat jamiyat boshqaruviga doir taklif va tashabbuslari bilan ham qiziqdi.


Tadbir yakunida ta'lim dargohining ko'zga ko'ringan muayyan yutuqlarni qo'lga kiritgan o'quvchilariga partiyaning esdalik sovg'alari topshirildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?