Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 06-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP sayyor qabulida Muborak Jumaniyazovaga tikuv mashinasi olib berildi

06.05.2026
47

Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tashkil etilgan sayyor qabul aholi muammolarini joyida hal etishga xizmat qildi. Tadbirda 264 nafar ishtirokchi qatnashib, 178 ga yaqin murojaat qabul qilindi. Ularning yarmidan ortig‘i joyida hal etilgan bo‘lsa, 45 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabulda bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Amaliy natija sifatida 5 nafar ijtimoiy reyestrdagi fuqaro ish bilan ta’minlandi, yana 5 nafarga maishiy texnika vositalari yetkazib berildi. Shuningdek, ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

– Bolaligimdan tikuvchilikka qiziqardim, – deydi “Saidlar” mahallasida yashovchi Muborak Jumaniyazova. – Ammo tikuv mashinasi sotib olish imkoniyatiga ega emas edim. Bugungi sayyor qabulda mutasaddilardan tikuv mashinasi so‘rab murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal qilinganidan xursandman.

Bu kabi uchrashuvlar “Xalq bilan birga” dasturining amaldagi samarasini yaqqol ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning muammolari tinglanib, qisqa muddatda yechim topayotgani esa aholining o‘z kelajagiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Bunday sayyor qabullarni izchil davom ettirish esa inson qadrini ta’minlash va farovonlikni oshirishga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?