Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 28-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Qashqadaryolik tadbirkorlarning takliflari asosida qonunchilik tashabbuslari ishlab chiqiladi

28.10.2025
48

Joriy yil sentyabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligida fraksiya a’zolari va mahalliy kengash deputatlar Qashqadaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida jami 34 ta uchrashuv o‘tkazishdi. Tadbirkorlar, fermerlar va aholi vakillari bilan bo‘lgan muloqotda iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
O‘rganishlar davomida tadbirkorlar QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tishda to‘siqlar bo‘layotganini ta’kidlashdi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” massivlarida qurilish muddati kechiksa, imtiyozli yer solig‘ini ikki baravar undirish tartibi tadbirkorlarning moliyaviy yukini oshirayotgani qayd etildi. Ushbu talablarni qayta ko‘rib chiqish, soliq tizimini aylanma mablag‘ va aniq kechiktirish muddati asosida belgilash taklif etildi.
Bundan tashqari, muloqotda ma’muriy javobgarlik kodeksidagi veterinariya inspektorlari vakolati bo‘yicha qarama-qarshiliklar borligi ham qayd etildi. Fraksiya a’zolari va deputatlar bu masalada jarima miqdorlarini yagona me’yorga keltirish zarurligini bildirishdi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklariga tegishli yer shartnomalarini bekor qilishda tuman hokimliklari va Kengashlar o‘rtasidagi vakolatlarni aniq belgilash lozimligi ta’kidlandi.
O‘zLiDeP fraksiyasi Qashqadaryoda aniqlangan ushbu taklif va muammolarni umumlashtirib, ular asosida amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha qonunchilik tashabbusi bilan chiqishni ma’lum qildi. Partiyaning bunday yondashuvi joylarda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?