Asosiy kontentga o‘tish
Juma 01-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Bulung‘urdagi sayyor qabulda 50 dan ortiq muammo joyida hal etildi

01.05.2026
20

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda partiya rahbariyati, Oliy Majlis deputatlari, mahalliy Kengash a’zolari hamda tuman hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida 400 ga yaqin fuqarodan murojaatlar qabul qilinib, ular asosan gaz va ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llar holati, bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga taalluqli bo‘ldi.
Sayyor qabul ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolar o‘z muammolarini bevosita mas’ullarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi. Barcha murojaatlar atroflicha o‘rganilib, aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Eng muhimi, 50 dan ortiq masala joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bunday sayyor qabullar aholi dardini eshitish, muammolarni tezkor hal etish va davlat organlari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Xalq bilan birga” tamoyili asosida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar inson manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotgan samarali amaliy mexanizmga aylanmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?