Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Buxorolik deputatlar investitsiyalarni yanada koʼpaytirish boʼyicha tashabbus bildirdi

07.10.2025
94

Buxoro davlat universitetida OʻzLiDeP viloyat Kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining qoʼshma yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Yigʼilishda partiya aʼzolari, mahalliy Kengash deputatlari, tadbirkorlar ishtirok etdilar. Tadbirda soʼzga chiqqanlar mamlakatimizda tadbirkorlikni qoʼllab-quvvatlash, biznes muhitini yaxshilash va yangi ish oʼrinlarini yaratish boʼyicha amalga oshirilayotgan keng koʼlamli islohotlar haqida soʼz yuritdilar.

Davlatimiz rahbarining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bildirilgan tashabbuslar, jumladan, ortiqcha byurokratik talablarni qisqartirish, litsenziyalash tartibini soddalashtirish, imtiyozli kreditlar ajratish va soliq stavkalarini pasaytirish kabi choralar tadbirkorlar faoliyatini yanada ragʼbatlantirayotgani taʼkidlandi. Bu imkoniyatlar tufayli koʼplab mikrokorxonalar faoliyatini kengaytirib, oʼrta va yirik biznes subʼekti sifatida shakllanmoqda.

Yigʼilishda investitsiya va eksport masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Viloyatda joriy yilning dastlabki 8 oyida 191 million dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, 107 foiz oʼsishga erishildi. Shu bilan birga, xorijiy sarmoyalarni jalb etish boʼyicha 1 milliard dollardan ortiq investitsiya oʼzlashtirildi. Qiymati 34,4 trln soʼmlik 522 ta yangi loyihani amalga oshirish hisobiga 15 mingta yangi ish oʼrni yaratish rejalashtirilgani ham iqtisodiy salohiyatning ortib borayotganidan dalolat beradi.

Yigʼilish yakunida eksportni diversifikatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va malakali kadrlar tayyorlash kabi ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tadbirda bildirilgan taklif va tavsiyalar Buxoro viloyatida tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?