Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz va iftixorimiz!
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialidagi quyi bo‘g‘inda ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda Davlat bayrog‘imizning mustaqilligimiz, milliy g‘ururimiz va xalqimiz birdamligining ramzi sifatidagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar va ishtirokchilar qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar milliy ramzlarimizga hurmatni oshirish, vatanparvarlik va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.