Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Deputat eng olis hududlarda yashayotgan fuqarolar dardini eshitdi

15.06.2024
328

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari xalq bilan ochiq muloqot qilish, ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishish maqsadida hududlarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenovaning Karmana tumani "Yangiariq" mahllasida uchrashuvi tashkil etildi.

Muloqotda qonunchilikdagi yangiliklar, xususan, o‘z vaqtida qonuniylashtirilmagan uy-joy yer maydonlarini qonuniylashtirib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha berilayotgan imkoniyatlar hamda "Yashil makon" va "Sayhunobod" tajribasi borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Uchrashuv davomida mahalla ahlining ham takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, Navoiy shahridagi Vatan, Gulzor, Mustaqillik, Umid MFY faollari bilan uchrashdi, ularning taklif va fikrlarini tingladi, aholi vakillari tomonidan ilgari surilayotgan masalalarni o‘rgandi. Uchrashuvda Akshagul Tulegenova dastlab mamlakatimizda umumxalq referendumi orqali yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga bir yil to‘lganligi, unga kiritilgan yangi normalar va o‘zgartirishlarning bugungi kunda hayotga tadbiq etilayotganligi, xususan, O‘zLiDeP g‘oya va maqsadlariga hamohang bo‘lgan xususiy mulk huquqi, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va kapital harakati erkinligining kafolatlari mustahkamlanganligi, o‘z navbatida, davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan qoidalar soni uch barobar ko‘payganligi xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputatlarning ham takliflari, fikr-mulohazalari tinglanib, Akshagul Tulegenova tomonidan ularga tegishli yo‘l-yo‘riq, tavsiya va amaliy maslahatlar berildi.

A. Tulegenova Qiziltepa tuman, Toshrabot MFY 24-sonli oilaviy poliklinika bo‘lib, shifokor va xamshiralar bilan qonunchilikdagi yangiliklar, sohadagi amalga oshirilgan samarali ishlar hamda mavjud muammolar to‘g‘risida suhbatlashdi.

Oilavoiy poliklinika shifokori Axror Ro‘ziyev va boshqa shifokor hamda xamshiralar tomonidan sohani yanada rivojlantirish bo‘iycha fikr va takliflar bildirildi.

Deputat A. Tulegenova oilaviy poliklinika xodimlari tomonidan ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?