Asosiy kontentga o‘tish
Juma 24-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Ellikqal’alik ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko‘rsatiladi

23.04.2026
33

Ellikkala tumanida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida o‘tkazilgan taqdimot tadbiri aholi bilan ishlashning yangi bosqichini belgilab berdi. Unda dasturning mazmun-mohiyati keng jamoatchilikka yetkazilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va manzilli ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish kabi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida “Yurakka yo‘l” aksiyasi orqali uyma-uy yurish, aholi muammolarini joyida o‘rganish, mobil shtablar va sayyor qabullar tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, “Mahalla yettiligi” va ijtimoiy xizmatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali ehtiyojmand oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish mexanizmlari belgilab olindi.

Yig‘ilishda yoshlar va xotin-qizlarni faol jalb etish, zamonaviy axborot texnologiyalari orqali aholi bilan muloqotni kuchaytirish vazifalari ham belgilandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar dasturni to‘liq qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklarini ta’kidlab, hududda ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilgan aniq rejalarni belgilab oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?