Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 22-iyun 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Farg‘onada gender tenglik masalasi muhokama qilindi

22.06.2026
14

O‘zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Farg‘ona davlat universitetida «Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning siyosiy partiyalar faoliyatida ishtirokini qo‘llab-quvvatlash» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudayarova, partiya mas’ullari va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Uchrashuvda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat va davlat hayotidagi faolligini oshirish hamda gender tenglikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari bu boradagi vazifalar va amaliy takliflar yuzasidan fikr almashdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?