“Gulshanobod”liklar mutasaddilardan elektr tarmoqlari va ichki yo‘llarni ta’mirlashni so‘rashdi
“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Buxoro tumani, “Gulshanobod” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Unda deputatlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda partiya faollari aholi va tadbirkorlar murojaatlarini tinglashdi.
Fuqarolar tomonidan elektr tarmoqlarini yangilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tibbiy yordam, yo‘l xavfsizligi, bandlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga oid qator masalalar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ayrimlari joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olindi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirib, muammolarni tezkor va manzilli hal etishga xizmat qilmoqda.