Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 21-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Hazoraspdagi sayyor qabulda 10 nafar fuqaro ishga joylashdi

20.05.2026
101

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida O’zLiDePning “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari va mutasaddi tashkilotlar ishtirok etib, 180 nafarga yaqin fuqaroning 90 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi. Quvonarlisi, murojaatlarning yarmidan ortig‘i shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.
Sayyor qabul davomida bandlik, kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar, ko‘chalarni yoritish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy natija sifatida 10 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi, ehtiyojmand oilalarga maishiy texnika vositalari topshirildi.
Eng muhimi, sayyor qabullar orqali ayollar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va mustaqil daromad manbaiga ega qilishga qaratilgan tashabbuslar ilgari surilmoqda. Bu esa fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasiga aylanmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?