Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Innovatsiya va tashabbus yo‘lida: O‘zLiDeP yoshlar bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda

30.10.2025
31

O‘zLiDeP viloyat Kengashi tashabbusi bilan Urganch davlat universitetida “Yangi avlod kadrlari — kelajak poydevori” mavzusida talaba yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba yoshlarni siyosiy partiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, istiqbolli kadrlarni aniqlash va ularning malakasini oshirish orqali yoshlarni jamiyatdagi faol ishtirokchiga aylantirishdan iboratdir.

Suhbat davomida O‘zLiDeP partiyasining yoshlar siyosatiga oid dasturiy maqsadlari, tadbirkorlik va innovatsiya sohasidagi loyihalari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, mamlakatimizda yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida ham fikr almashildi.

Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish va zamonaviy mutaxassis bo‘lish uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari katta qiziqish uyg‘otdi.

— “Bugungi davra suhbati biz uchun juda foydali va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Biz nafaqat O‘zLiDeP partiyasining yoshlarga qaratilgan dasturlari haqida ma’lumot oldik, balki kelgusida mamlakat taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish yo‘llarini ham o‘ylab ko‘rdik. Ayniqsa, tadbirkorlik va innovatsiya sohalaridagi imkoniyatlar menda katta qiziqish uyg‘otdi,” — dedi tadbir ishtirokchisi A’loxon Farxadova.

Davra suhbati yoshlarning bilimga, innovatsiyaga va faol hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi. Bu tashabbus O‘zLiDePning yoshlar siyosatidagi amaliy qadamlaridan biri bo‘lib, kelajak avlodni ilg‘or tafakkurli va zamonaviy mutaxassis sifatida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?