Iqtidorli yoshlar partiya kadrlar zahirasiga saralandi
O‘zLiDeP Namangan tuman Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Namangan davlat texnika universitetida faol yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda partiya mas’ul xodimlari yoshlarga loyihaning mazmun-mohiyati va partiya vazifalari haqida tushuncha berdi.
Ta’kidlanishicha, loyihaning asosiy maqsadi — faol va iqtidorli yoshlarni saralab, ularni partiyaning kadrlar zahirasiga jalb etishdan iborat.
Uchrashuvda talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va takliflarini bildirdi.
Tadbir yakunida oliygohning 10 nafar iqtidorli talabasi partiyaning istiqbolli kadrlar zahirasiga qabul qilindi.