Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 16-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Prezidentimiz Turkiy davlatlar uchun yangi taraqqiyot yo‘lini taklif etdi

08.10.2025
164

Bugun davlatimiz rahbari Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida nutq so‘zladi. “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” mavzusidagi uchrashuvda davlatimiz rahbari mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishni asosiy yo‘nalish sifatida qayd etib o‘tdi. Turkiy investisiya jamg‘armasi doirasidagi rejalarni kelishish maqsadida Turkiy davlatlarning iqtisodiy sheriklik bo‘yicha doimiy kengashini tashkil etish vaqti kelganini qayd etdi.

Sammitda davlatimiz rahbari Kengash doirasida iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun qator tashabbuslarni ham ilgari surdi. Jumladan, Turkiy davlatlarning Sanoat alyansini tuzish va bu orqali mashinasozlik, kon sanoati, elektrotexnika, neft-kimyo, farmasevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalarida yetakchi kompaniyalarimizning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, o‘zaro savdo hajmlarini keskin oshirish va texnik reglamentlarni yaqinlashtirish maqsadida “Turkiy yashil yo‘laklar” elektron tizimini joriy etish kabi tashabbuslar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada faollashtiradi.

Shuningdek, “yashil energetika”, “yashil vodorod va ammiak” loyihalarini birgalikda amalga oshirish, ilg‘or texnologiyalar, davlat va xususiy sheriklik mexanizmlarini keng tatbiq etish uchun “Yashil transformatsiya” konsorsiumini tashkil etish, strategik minerallar bazasini o‘zlashtirish va qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni ishlab chiqarish kabi masalalar ham Kengashning doimiy e’tiborida turishi kerakligi qayd etildi. 

Shu bilan birga, Prezidentimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishda mamlakatlarimiz dunyo yetakchilariga aylanishi mumkinligiga alohida e’tibor qaratdi. Davlatlarimizning bu boradagi salohiyatidan kelib chiqib, sifatli va talab yuqori bo‘lgan organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda ilmiy izlanishlar va seleksiya, sanoat kooperatsiyasi va logistika aloqalarini kuchaytirishimiz lozimligi qayd etildi. Bu borada qishloq xo‘jaligi vazirlarimiz nazoratida Ekspert ishchi guruhini tashkil etib, dastlabki “pilot” loyihalarni mamlakatlarimizda amalga oshirish kabi tashabbuslar ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan barcha takliflar dolzarbligi va hayotiyligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi biznes muhitini, balki o‘zaro ishonch va samimiyat ruhini ham yuksaltirishi shubhasiz.


Aktam XAITOV,
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi

Saytni yangi dizayni yoqdimi?