Asosiy kontentga o‘tish
Shanba 11-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP deputati imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi bilan tanishdi

10.10.2025
67

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jasur Jumayev va Xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhi a’zolari O‘zLiDePning “Inklyuziv jamiyat sari” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganishdi.

Ishchi guruh a’zolari dastlab, Jizzax shahrida “Jizzax binokor savdo” MCHJ quruvchilari tomonidan barpo etilayotgan “Bolalar iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi”dagi bunyodkorlik jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. 4 milliard 1309 million so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilayotgan va 100 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur markazda kelgusida nogironligi bo‘lgan bolalarni 10 ga yaqin kasb-hunarga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, ishchi guruh a’zolari ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi ishlab chiqarish syexlari, o‘quv markazlari faoliyati bilan ham tanishdilar. Mazkur markazda bir necha yo‘nalishda yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarish syexlarida ayni paytda 50 nafar zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar bandligi ta’minlangan. Ularning mehnat qilishlari, ovqatlanishlari, dam olishlari uchun yaratilgan sharoitlar ishchi guruh a’zolarining diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, ishchi guruh viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Markazda nevrologiya, terapiya va xirurgiya bo‘limlari mavjud bo‘lib, LFK, fizioterapiya, Azonoterapiya, fitobar, Pufakli kokteyl muolajalari yo‘lga qo‘yilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati kun davomida ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar tahsil oladigan “Nurli maskan” ta’lim dargohida, Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quvchi va talaba yoshlar, sportchilar bilan ham muloqotda bo‘ldi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?