Asosiy kontentga o‘tish
Juma 24-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kreativ yoshlar — innovatsion taraqqiyotning eng ishonchli tayanchidir

23.04.2026
33

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida O‘zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan “Kreativ yosh tadbirkor” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbir yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish, ularning innovasion fikrlashini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Tadbir davomida talabalarning ilg‘or g‘oya va ishlanmalari taqdim etilib, “Bionika” laboratoriyasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishildi. Bu esa yoshlarda amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash, ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.

Yakunda faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar munosib rag‘batlantirildi. Bunday tashabbuslar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kreativ g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish va yangi yutuqlar sari ilhomlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?