Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 31-mart 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Mahallaning ishbilarmon ayoli 50 nafar fuqaroni ishli qildi

27.03.2026
87

Bugun mahallalarda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda OʻzLiDeP tomonidan amalga oshirilayotgan “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Quva tumani “Yangichek” mahallasida o‘rganish va saralash tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda OʻzLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi va Quva tuman Kengashi mas’ul xodimlari ishtirok etib, mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Loyiha ishtirokchisi Barnoxon Ikromova 25 sotix yer maydonida 100 dan ortiq turdagi manzarali va mevali ko‘chatlar yetishtirib kelmoqda. U 15 yillik tajribaga ega bo‘lib, doimiy 20 nafar, mavsumiy esa 50 nafargacha ayollarni ish bilan ta’minlamoqda. Shuningdek, uning mahsulotlari nafaqat mahalliy, balki qo‘shni davlatlarda ham xaridorgir.

Tadbir davomida ishtirokchilar tadbirkor ayolning ish tajribasini o‘rganib, uning faoliyatini yuqori baholadilar hamda taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Bunday tashabbuslar ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahallaning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?