Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Nishonlik fermer dronlar yordamida paxta dalalariga kimyoviy ishlov berishni ommalashtirish bo‘yicha taklif berdi

08.10.2025
62

Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri — qishloq xo‘jaligini bozor mexanizmlariga asoslangan samarali boshqaruv tizimiga o‘tkazishdir. Bu orqali yer resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish va fermerlar mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsad qilingan.

Ana shunday islohotlar samaradorligini o‘rganish, fermerlar va tadbirkorlar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Qashqadaryo viloyatining Nishon tumaniga bordi. Partiya rahbari fermer xo‘jaliklari faoliyati, xususan, paxta yig‘im-terimi jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Qishloq xo‘jaligida yerdan samarali foydalanish, yuqori hosildorlikka erishish va fermerlar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.  

“Karimov avlodlari” fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Xolboyev boshchiligidagi jamoa joriy yilda 25 gektarda paxta yetishtirib, o‘rtacha 70 syentner hosil olmoqda. Aktam Xaitov fermerning mehnatini yuqori baholab, ushbu natijalar yurtimizda paxtachilik sohasida erishilayotgan yuksak ko‘rsatkichlarning yorqin misoli ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Sh.Xolboyev fermer xo‘jaligida dronlar yordamida paxta dalalariga kimyoviy ishlov berish samarali amalga oshirilayotganini qayd etdi. U mazkur texnologiya mehnat resurslarini tejash, ish sifatini oshirish va vaqtni samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab, qishloq xo‘jaligida dronlar sonini ko‘paytirish zarurligini taklif sifatida ilgari surdi. Aktam Xaitov bu taklifni ma’qullab, agrosohani raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Shuningdek, A.Xaitov “Afruza Xolyarova” fermer xo‘jaligi va  “Mirishkor ratex textil”ga qarashli “Paxtazor” paxta qabul qilish maskani faoliyati bilan ham tanishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?