Asosiy kontentga o‘tish
Seshanba 05-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

“Oriyat”da o‘tkazilgan “Yurakka yo‘l” aksiyasi doirasida 1217 xonadon qamrab olindi

05.05.2026
73

“Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida Muzrabot tumani “Oriyat” mahallasida o‘tkazilgan “Yurakka yo‘l” aksiyasi aholi bilan bevosita muloqot o‘rnatish va ularning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 7553 nafar aholi istiqomat qiladigan, 1217 ta xonadonni qamrab olgan mahallada deputatlar va partiya faollari uyma-uy yurib, fuqarolar muammolarini o‘rgandilar.

O‘rganishlar davomida ijobiy misollar ham qayd etildi. Jumladan, Sulaymon Xayitov 25 sotix yerda ko‘chatchilik orqali daromad topayotgan bo‘lsa, To‘xtagul Bekkeldiyeva 5 sotixli issiqxonasi va 30 sotix yerda chorvachilik bilan shug‘ullanib, samarali mehnat qilmoqda. Bu kabi misollar mahallada tadbirkorlik muhitining shakllanayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, ayrim hududlarda ichki yo‘llarni ta’mirlash va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash kabi muammolar aniqlandi. Ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinib, mas’ul tashkilotlarga topshiriqlar berildi. “Yurakka yo‘l” aksiyasi aholi dardini eshitish va yechim topishga qaratilgan samarali muloqot maydoniga aylandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?