Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 29-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP deputati maktabga suv tarmog‘ini tortib berdi

27.10.2025
79

Har bir deputatning asosiy vazifasi – saylovchilari tomonidan bildirilgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashishdir.

O'zLiDePdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga saylangan Qurazbay Yeshbayev ham ana shunday mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan. U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ko‘ng‘irot tumani «Qo‘ng‘irot» ovul fuqarolar yig‘inida joylashgan 2-sonli umumta’lim maktabida yillar davomida hal etilmayotgan suv ta’minoti muammosini joyiga borib o‘rgandi va tezkor chora ko‘rdi.

Maktab markaziy suv tarmog‘idan 200 metr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, unda suv ta’minoti umuman yo‘q edi. Shu bois, o‘quv jarayonida ko‘plab qiyinchiliklar tug‘ilardi. Shuningdek, maktabda xonalarni namlikdan tozalash, sanitariya holatini saqlash va ovqatlanish punktlarini ta’minlash kabi masalalar hal etilmagan edi. Muammo o‘quvchilarning sog‘lig‘iga ham salbiy ta’sir ko‘rsata boshlagandi.

Deputat ta’lim muassasasi vakillari bilan birgalikda muammoni aniqladi. U o‘z shaxsiy mablag‘i hisobiga maktabga suv tarmog‘ini tortib berdi. Shu bilan birga, suv hisoblagichni o‘rnatish uchun mas’ul idora – xududiy suv xo‘jaligi xodimlariga murojaat qildi va buning natijasida ular tezda kerakli uskunani o‘rnatib berishdi. Shunday qilib, maktabda suv ta’minoti to‘liq yo‘lga qo‘yildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?