Asosiy kontentga o‘tish
Juma 31-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlari namanganlik tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha takliflarini tinglashdi

30.10.2025
86

O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh Yangi Namangan tumanida joylashgan kichik sanoat zonasida bo‘ldi.

Deputatlar bu yerda faoliyat yuritayotgan “Sarkor Mebel” korxonasi ish faoliyati bilan tanishdilar. Zamonaviy texnologiyalar asosida turli xil mebel mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan ushbu korxonada mahalliy xomashyo va resurslardan samarali foydalanilayotgani, tayyor mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki xorijiy davlatlarga ham eksport qilinishi ta’kidlandi. Bu esa mahalliy ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

– Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanch sohasiga aylanmoqda, – dedi A.Xaitov. – Shu bois bunday korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash biz deputatlarning doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Bugungi muloqotda ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport hajmini oshirish hamda sanoat zonasida muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada takomillashtirish bo‘yicha tadbirkorlarning takliflarini eshitdik. Ularni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiramiz.

Deputatlar tashrif chog‘ida korxona tomonidan yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratdilar.

Shuningdek, Aktam Xaitov boshchiligidagi ishchi guruh “NamMotors” MCHJga qarashli “Ayqiron-1” nasos stansiyasi faoliyati bilan ham tanishdi. Mazkur inshoot viloyatning suv ta’minoti tizimini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish va aholi turmush darajasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi yillarda ob’yektda zamonaviy uskuna va texnologiyalar joriy etilgani, quvvat samaradorligi oshgani qayd etildi. Deputatlar suv nasoslari ish jarayoni, energiya tejovchi tizimlar hamda avtomatlashtirilgan boshqaruv uskunalari bilan yaqindan tanishdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?