Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 08-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP deputatlari Qashqadaryoda kadastr tizimidagi muammolarni o‘rgandi

06.10.2025
107

Qashqadaryo viloyatida O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengash deputatlaridan iborat iishchi gurh o‘rganishlar olib boryapti. Ishchi guruh vakillari viloyat adliya boshqarmasi hamda kadastr agentligi faoliyatini o‘rgandi.

Tadbirda yerga mulk huquqini rasmiylashtirish, kadastr hujjatlarini olishdagi murakkabliklar va ortiqcha hujjatbozlik masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar va fermerlar tomonidan kadastr tizimidagi cho‘zilishlar, navbatdagi muammolar hamda ayrim holatlardagi ta’magirliklar haqida deputatlarga murojaatlar bildirildi.

Deputatlar va partiya vakillari barcha murojaatlarni sinchiklab o‘rganib, ularni tegishli mutasaddilarga yetkazish orqali hal etish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilishdi. Shuningdek, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish hamda qonunchilikdagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish vazifasi belgilandi.

Uchrashuvda 2024 yil 5 avgustda qabul qilingan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonunning joylardagi ijrosi holati bo‘yicha ham fikrlar bildirildi.

O‘zLiDeP deputatlari partiyaning “Ish kabinetida emas, xalq ichida” tamoyili asosida fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirib, joylarda ko‘tarilayotgan muammolar asosida qonunchilik tashabbuslarini tayyorlashini ma’lum qilishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?