Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 23-aprel 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP hamda “AMANAT” partiyasi “Ayollar qanoti” vakillari o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi

23.04.2026
76

Muloqotda Qozog‘istonning “Amanat” partiyasi “Ayollar qanoti” hamraisi, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majlisi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi A.Quspan, “Otamakon” milliy tadbirkorlar palatasi qoshidagi tadbirkor ayollar kengashi raisi L.Ramazanova, “Amanat” partiyasi “Ayollar qanoti” vakillari, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari D.Fayziyeva va G.Xudayarovalar, shuningdek, O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari ishtirok etdi. Muloqotga ikki davlat hududiy partiya kengashlari ham onlayn tarzda ulanganligi uning amaliy ahamiyatini yanada oshirdi.

Muloqot davomida gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlar yetakchiligini rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida ayollar ishtirokini yanada kengaytirish borasida o‘z mamlakatlarining yetakchi kuchlari bo‘lgan O‘zLiDeP va “Amanat” partiyalarida to‘plangan tajriba xususida fikr almashildi. Ikki mamlakatda bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar va o‘zaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

Shuningdek, tadbirkor ayollarni rag‘batlantirish, ular uchun zamonaviy elektron bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish, ikki davlat tadbirkor ayollari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishda partiyaviy imkoniyatlarni ishga solish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Muloqot so‘nggida tomonlar bunday uchrashuvni muntazam o‘tkazib borishga kelishib olishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?