Asosiy kontentga o‘tish
Juma 17-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O'zLiDeP nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazdi

16.10.2025
95

Nukus shahar Yoshlar markazida “Yoshlar 1+1: moliyaviy savodxonlik” loyihasi doirasida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Markaziy bank Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosh boshqarmasi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda partiya faollari, tijorat banklari mutaxassislari, kiberxavfsizlik sohasi vakillari hamda nufuzli ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish, ularni shaxsiy mablag‘larni to‘g‘ri boshqarish va zamonaviy moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish ko‘nikmalari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Ma’ruzalar davomida ishtirokchilarga bank kartalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari, omonatlarni rejalashtirish usullari, investisiya asoslari hamda kiberjinoyatlardan himoyalanish yo‘llari haqida amaliy tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozli kreditlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Seminar interaktiv shaklda tashkil etildi — talabalar o‘z biznes g‘oya va rejalarini bayon etib, mutaxassislardan foydali maslahatlar oldilar. Savol-javob qismida esa qatnashchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?