Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 11-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O‘zLiDeP vakillari parkentlik urush qatnashchisi holidan xabar oldi

08.05.2026
21

Toshkent viloyati Parkent tumani “Nomdanak” qishlog‘ida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Anorboy Jalilov holidan xabar olindi. Tadbir O‘zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev boshchiligida partiya faollari ishtirokida, “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tashkil etildi.

1924 yilda tug‘ilgan Anorboy ota 1944–1950 yillarda 2-Belorus fronti tarkibida Ukraina, Polsha va Germaniyani ozod etish janglarida ishtirok etgan. Urushdan so‘ng 1951–1981 yillarda Parkent tumanida boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib, ta’lim sohasi rivojiga hissa qo‘shgan. Uning uzoq yillik mehnati va xizmatlari davlat tomonidan bir qator orden va medallar bilan taqdirlangan.

Tashrif davomida faxriyning hol-ahvoli o‘rganilib, unga esdalik sovg‘alar topshirildi va samimiy suhbat o‘tkazildi. Bunday tashriflar keksa avlodga hurmat ko‘rsatish, tinchlik qadrini ulug‘lash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?