Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faollari Senat faoliyati bilan yaqindan tanishdi

06.06.2024
282

Ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini yuzaga chiqarish masalasiga davlat darajasida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada Oliy Majlis Senatida ham yoshlar bilan bevosita muloqotlar o‘tkazilmoqda, bunda yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, umuman jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga e’tibor qaratilmoqda.

O‘z navbatida, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da ushbu ishlarni faollashtirish maqsadida senatorlar O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limining iqtidorli yoshlari bilan parlament yuqori palatasida “Parlamentda yoshlar o‘rni” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida yoshlarning huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish, intellektual salohiyatini to‘liq namoyon etishi, jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun ularga yaratilayotgan sharoitlar xususida so‘z bordi.

Uchrashuvda Senat tomonidan qonunlarni muhokama qilish va qabul qilish jarayonlari, qonunlar ijrosi, talabalarning parlament faoliyati haqida nazariy bilimini oshirish, ta’limning bevosita amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga qonunlarni qabul qilish jarayonida kelajak avlodning o‘rni, xususan, qabul qilinayotgan qonunlarga ularning takliflari muhimligi ta’kidlandi. Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Uchrashuv doirasida bugungi kunda dolzarb qonunlarni qabul qilish, davlat dasturlarining ijrosini ta’minlash, parlament nazoratini olib borish, ijro organlari va mansabdor shaxslarning xalq oldidagi hisobdorligini oshirish parlament faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari ekanligi qayd etildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda yoshlar senatorlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini yo‘lladi va batafsil javob oldi. Shuningdek, Senat qo‘mitalari hamda uning devoni ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?