Asosiy kontentga o‘tish
Juma 24-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Samarqandlik xotin-qizlarga “Tadbirkorlikni noldan boshlash” bo‘yicha taklif-tavsiyalar berildi

24.10.2025
66

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Samarqand viloyat Kengashi hamda viloyat Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Samarqand davlat veterinariya medesinasi, chorvachilik va biotexnologiya universitetida “Bugunning tadbirkor ayoli” loyihasi doirasida “Tadbirkorlikni noldan boshlash” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

– Tadbirkorlik – bu faqat moliyaviy erkinlik emas, balki o‘z orzularingizni ro‘yobga chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish va jamiyatga foyda keltirish imkoniyatidir, – deydi “Soxiba Art” brendi asoschisi, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish o‘quv kursi treneri, Sohiba Qodirova. – Bugungi tadbir xotin-qizlarga ana shu imkoniyatdan samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbirda xotin-qizlarda tadbirkorlik va ishbilarmonlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning biznes faoliyatini to‘g‘ri tashkil etishga o‘rgatish bo‘yicha taklif-tavsiyalar muhokama qilindi. Shuningdek ayollarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xususan, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik faoliyatiga keng jalb etish orqali oilaviy biznesni rivojlantirish va o‘zini-o‘zi band qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘llari haqida fikr yuritildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?