Asosiy kontentga o‘tish
Dushanba 11-may 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Urganch davlat universitetida yoshlar bilan muloqot tashkil etildi

08.05.2026
23

Urganch davlat universitetida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi doirasida tashkil etilgan davra suhbati yoshlar bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlandi. Tadbirda yoshlarga mo‘ljallangan davlat siyosati, imtiyozli kreditlar, startap loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli texnologiyalar orqali kasb egallash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘z fikr va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, biznesni yo‘lga qo‘yish, innovasion loyihalarni amalga oshirish va mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishdi. Mutaxassislar tomonidan bildirilgan amaliy tavsiyalar yoshlarning kelgusidagi rejalariga yangi g‘oya va yo‘nalishlar berdi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bandligini ta’minlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda mamlakat taraqqiyotida faol ishtirokini kuchaytirishga xizmat qiladi. “Xalq bilan birga” dasturi doirasidagi bunday muloqotlar yoshlar bilan tizimli ishlashning muhim amaliy maydoni sifatida o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?