Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Xonobodda deputatlar aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi muammolarni hal etishni talab qildi

15.10.2025
33

“O‘zLiDeP deputatlik guruhlari minbari” loyihasi doirasida Xonobod shahrida partiyaning deputatlik guruhi tomonidan navbatdagi nazorat eshituvi o‘tkazildi. Tadbirda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Eshituvda “Honobodshahargaz” bo‘limi mutasaddisi I.Boltaboyev hisobot berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilda 0,374 mln m³ tabiiy gazni tejash ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholiga 1124,74 tonna suyultirilgan gaz yetkazish rejasidan 90 foizi bajarilgan. Gaz ta’minoti belgilangan grafik asosida amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, deputatlar hanuz yechimini kutayotgan muammolar mavjudligini qayd etishdi. Eshituv yakunida mazkur masalalar bo‘yicha aniq choralar belgilash va tegishli tashkilotlarga topshiriqlar yuborish haqida qaror qabul qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?