Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 15-Oktyabr 2025-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yerdan foydalanuvchilarning kafolatlangan huquqlari ta’minlanadi

14.10.2025
64

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida dastlab Prezidentimizning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo — Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit hamda MDH Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqining ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Fraksiya a’zolari davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlab, mazkur tashabbuslar MDHga a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, sanoat, transport, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi integratsiyani yanada rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.

Yig‘ilishda bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — xususiy mulk huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan samarali foydalanishga qaratilgan qonun loyihasi atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lum qilinganidek, so‘nggi yillarda mamlakatimizda mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyihada ayrim qonun hujjatlariga tovarlarning, xizmatlarning va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishiga yoki tovarlarning realizatsiya qilinishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik yoxud to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

Munozaralar davomida deputatlar loyihaning ahamiyati va zaruratiga e’tibor qaratib, uni ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida fraksiya a’zolari tomonidan berilgan qator takliflar e’tiborga olingani va hujjat matnida aks ettirilganini qayd etishdi.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasida nazarda tutilayotgan normalar mamlakatimizda xususiy mulk huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirishga, yerdan foydalanuvchilarning kafolatlangan huquqlari ta’minlanishiga hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalaridan samarali foydalanish imkonini oshirishga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?