Asosiy kontentga o‘tish
Payshanba 12-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yoshlar g‘oyalari — yangi biznes va startaplar uchun muhim qadam

12.11.2026
2

O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Yoshlar qanoti tashabbusi bilan «Deputat va yoshlar» uchrashui tashkil etildi.

Unda Nukus shahar Kengashi deputati Bisengali Uteniyazov, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Dilnoza Erimbetova, universitet vakillari hamda talabalar ishtirok etdi.

Muloqotda yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Talabalar o‘z taklif va tashabbuslari bilan qatnashib, mavjud imkoniyatlar va ularni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Partiya vakillari yoshlarning istiqbolli g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliy loyihalarga aylantirish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashish O‘zLiDePning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning tashabbuslariga keng yo‘l ochish, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va yangi biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?