Oxirgi yetti yilda yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berildi
Bu
haqida O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan start berilgan
“O'zLiDeP yoshlari – mahallada!” loyihasi doirasidagi targ‘ibot tadbirida ta’kidlab
o‘tildi. Qibray tumanidagi “Bunyodkor” MFY da o‘tkazilgan tadbirida Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputatlari Dilbar Usmanova hamda Viktor Nikolayevich Pak,
partiya Toshkent viloyat Kengashi raisining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,
boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G’oyibnazarov hamda “Bunyodkor”
MFY dagi faol iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
Targ‘ibot
tadbirida so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmanova 28
iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi
ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor
yig‘ilishining mazmun-mohiyati xususida to‘xtaldi. Oxirgi yetti yilda yoshlarga
oid 100 dan ziyod qonun va qarorlar qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyozlar berilganini
qayd etdi.
Tadbir
so‘ngida deputatlar va yoshlar ishtirokida “Bunyodkor” MFY da namunali faoliyat
yuritib “OOO DRILLFLOT ASIA” MChJ yuqori bosimda ishlaydigan gidravlik shlanglar
ishlab chiqarish korxonasi hamda “Ilm ummoni” o‘quv markazlariga ham eksursiya tashkil
etildi.