Shanba 21-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Imzo yig‘ish tadbirlarida O‘zLiDePchilar faol

06.08.2024
721

Ma’lumki, joriy yilning 27 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga saylov bo‘lib o‘tadi. Saylov qonunchiligiga ko‘ra, siyosiy partiya saylovda ishtirok etishi uchun saylov kampaniyasi boshlangani e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan bo‘lishi lozim. Shuningdek, saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida 40 ming saylovchining imzosini to‘plashi zarur. 

O‘zLiDeP tomonidan ham imzo yig‘ish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Xususan, partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Navoiy, Namangan va Andijon viloyatlari Kengashi tomonidan joylarda aniq reja asosida tashkil etilayotgan tadbirlar partiyaga xayrixoh bo‘lgan fuqarolarning faolligi bilan o‘tmoqda.

Partiyaning saylovda ishtirokini qo‘llab-quvvatlayotganlar O‘zLiDeP faoliyati, maqsad va g‘oyalari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirmoqda. Partiyaning fuqarolar bandligini to‘liq ta’minlash va mehnatga munosib haq to‘lash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozori infratuzilmasining muvozanatlanganligi va rivojlanishiga erishish, ishsizlik darajasini qisqartirish – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan tashabbuslari aholi vakillari tomonidan e’tirof etilmoqda.

Imzo yig‘ish jarayonlari  barcha hududlarda qizg‘in davom etmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?