Payshanba 21-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Imzo yigʼish jarayonlari start oldi

05.08.2024
577

Xabaringiz bor, 27 iyul kuni O’zLiDeP Siyosiy Kengashi majlisida partiyaning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovda faol qatnashishi bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.

Ayni kunlarda partiya tomonidan ushbu siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Albatta, siyosiy partiyalarning saylov kampaniyasi davridagi ishtiroki o‘ziga xos jarayonlarni qamrab oladi. Ana shulardan biri imzo to‘plash jarayonlaridir.

Kuni kecha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olinib, ularga partiyaning saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilar imzosini to‘plash uchun belgilangan namunadagi imzo varaqalari topshirildi.

Ushbu imzo to‘plash jarayoni hech shubhasiz partiyalarning targ‘ibot davrida o‘z elektorati va saylovchilar ishonchini qozonish bilan bog‘liq bo‘lgan ilk qadam ham deyish mumkin.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham bo‘lajak saylovda ishtirok etish uchun saylovchilar imzolarini to‘plashga kirishdi.

Partiya tomonidan aholi gavjum joylarda imzo yig‘ish punktlari tashkil etilmoqda. Mazkur jarayon partiyaning 15 mingga yaqin boshlang‘ich tashkilotlari, fuqarolarning ish, xizmat, o‘qish, yashash va boshqa joylarda uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra siyosiy partiyalar bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) qirq ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foiz imzosini to‘plashi mumkinligi belgilangan.

Imzolarni to‘plash jarayonida saylovchilar tomonidan partiyamizning o‘tgan yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qonunchilikni takomillashtirish hamda saylovchilar bilan ochiq muloqotlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish yo‘nalishidagi amaliy ishlari e’tirof etilmoqda.

O’zLiDeP 2024 yilgi parlament saylovlariga o‘zining mutlaqo yangi strategiyasi bilan kirib kelmoqda. Saylovlarga tubdan yangicha yondashishni ko‘zda tutgan strategiya dorasida O’zLiDeP xalqning ichiga yanada faolroq kirib borishi, uyma-uy yurib, 3 milliondan ortiq xonadonga kirib chiqishni, har bir saylovchiga partiya g‘oyalarini yetkazishni, ularning taklif-mulohazalarini olishni maqsad qilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?