Asosiy kontentga o‘tish
Chorshanba 11-noyabr 2026-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Virtual qabulxona
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Yangiliklar

O'zLiDePda Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

11.11.2026 75
O'zLiDePda Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan bayram yig‘ilishi tashkil etildi.

Tadbirda partiya rahbariyati, Markaziy apparat xodimlari hamda kasaba uyushmasi faollari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizda mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda mehnat jamoalarida o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashda kasaba uyushmalarining o‘rni va ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, kasaba uyushmalari xodimlarning nafaqat mehnat huquqlarini himoya qiluvchi, balki ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ilgari suruvchi, jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim jamoatchilik instituti ekani qayd etildi.

Tadbir davomida O‘zLiDePning inson qadri, mehnat erkinligi, xususiy tashabbus va ijtimoiy sheriklik tamoyillariga asoslangan dasturiy maqsadlari kasaba uyushmalarining ustuvor vazifalari bilan hamohang ekaniga e’tibor qaratildi.

Xususan, ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida ijtimoiy muloqotni rivojlantirish, mehnat munosabatlarida qonuniylik va adolatni ta’minlash, xodimlarning kasbiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratish muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda partiya tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va jamoaviy hamjihatligi e’tirof etildi.

Tadbir yakunida barcha xodimlar O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy tabriklanib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?