Andijondagi ishonchli vakil jurnalistlar va blogerlar ishtirokida brifing tashkil qildi

20.09.2021, 16:15

Andijondagi ishonchli vakil jurnalistlar va blogerlar ishtirokida brifing tashkil qildi

O’zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 43-moddasiga muvofiq Prezidentlikka nomzod o‘z saylovoldi dasturini saylovchilarga tanishtirishi jarayonida ilgari surayotgan g‘oya va maqsadlari aholining barcha qatlamlari hamda har bir saylovchiga yetib borishi uchun o‘zining ishonchli vakillarini belgilaydi.

Markaziy saylov komissiyasining shu yil 15 sentyabrdagi qaroriga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod  Sh. Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili sifatida viloyat Nuroniylar jamg‘armasi raisi O’ktamjon Oxunov ro‘yxatga olingan.         

Andijon shahridagi Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan brifing tashkil etildi. Tadbirda mazkur partiyadan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning Andijon viloyati bo‘yicha ishonchli vakili o‘zining maqsad vazifalari, joylardagi uchrashuvlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

  - Saylov Kodeksiga ko‘ra, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirga kunning ertasidan, ya’ni 2021 yil 20 sentyabrdan e’tiboran boshlanadi va ovoz berishga bir kun qolganda to‘xtatiladi, - deydi ishonchli vakilning mafkuraviy tashviqot-targ‘ibot ishlari bo‘yicha yordamchisi Muyassarxon Umurzaqova. - Shu kunlar davomida ishonchli vakil viloyatning barcha tuman va shaharlarida, turli tashkilotlar, muassasalar, korxonalarda har xil sohalar vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, jumladan, ommaviy uchrashuvlar o‘tkazishi  rejalashtirilgan. Muloqotlarda ishonchli vakil faoliyatining bosh maqsadi - Prezidentlikka nomzod dasturida belgilangan asosiy g‘oya va maqsadlarni fuqarolarga jonli, hayotiy misollar orqali, samimiy suhbat va savol-javoblar asnosida tushuntirishga, shu bilan birga joylarda mavjud masalalar yuzasidan ham fikrlashishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Brifingda ishonchli vakil ishining boshlanishi, uning maqsadlari, vazifalari, joylardagi uchrashuvlari bo‘yicha O’.Oxunov tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+