Buxoroda ishonchli vakil tomonidan brifing o‘tkazildi

21.09.2021, 15:41

Buxoroda ishonchli vakil tomonidan brifing o‘tkazildi

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi tomonidan  brifing tashkil etildi.

Brifingda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning Buxoro viloyati bo‘yicha ishonchli vakili Samoydin Xusenov, partiya  viloyat Kengashi raisi Farmon Aminov, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etishdi.

Brifingni partiyaning viloyat Kengashi raisi Farmon Aminov ochib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi masalalariga to‘xtalib o‘tdi va partiyadan nomzod sifatida ko‘rsatilgan Shavkat Mirziyoeyevning ishonchli vakilini yig‘ilganlarga tanishtirdi.

Shundan so‘ng so‘zga chiqqan ishonchli vakil Samoydin Xusenov  nomzodning tarjimai holi, saylovooldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.  

Saylov targ‘iboti davomida ishonchli vakil viloyatning barcha  hududlarida turli tashkilotlar, muassasalar, korxonalarda har xil sohalar vakillari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lishi  xususan, katta masshtabda  ommaviy uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Brifing davomida barcha ommaviy axborot vositalarini saylovoldi targ‘ibot tadbirlarini hamkorlikda yoritishga kelishib olindi.

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    364
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+