Ishonchli vakil ichki ishlar xodimlari bilan muloqot qildi
28.09.2021, 16:04
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Toshkent shahridagi Ichki ishlar organi xodimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ishonchli vakil nomzod saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi. Dasturning adolat va qonun ustuvorligi – xalqparvar davlat poydevori yo‘nalishi bo‘yicha qator masalalar o‘rin olganligi ta’kidlandi.
Xususan, bundan buyon ichki ishlar organlari faoliyatini baholashda aholi muammolarini hal etish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash natijadorligi asosiy mezon etib belgilanadi. Sudlar faoliyatiga “yagona darcha” tartibi joriy etiladi.
Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi. Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
O`zLiDeP Toshkent shahar kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring