Ishonchli vakil Olmazor tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi
29.09.2021, 17:04
O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti majlislar zalida Olmazor tumani saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi. Barcha sohalar qatori “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida hududlarning “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi. 70 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘llari, 15 ming kilometrdan ortiq ichimlik suvi va 1 ming kilometr oqova suv tarmoqlari quriladi. Mamlakatimiz bo‘yicha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 87 foizga yetkaziladi.
Bundan tashqari butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etiladi. Endilikda shahar va tumanlarda iqtisodiy kompleks tarkibiga kiradigan barcha idoralarning bosh vazifasi “mahallabay” ishlash asosida kambag‘allikni qisqartirish va ishsizlikni bartaraf etish hisoblanadi. 2026 yil yakunigacha kambag‘allikni kamida 2 barobar qisqartirish asosiy vazifalardan biri etib belgilanmoqda.
Uchrashuv davomida O’zbekiston xalq artisti, O’zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva nomzodning saylovoldi dasturi bilan tanishib chiqqanini, barcha sohalarga ahamiyat qaratgan mukammal dastur ekanligini alohida ta’kidladi. O’z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, barchani saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.
O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring