Shirin shahridagi samimiy uchrashuv
29.09.2021, 17:24
Shirin shahri markazidagi Musiqa va san’at maktabida O’zLiDePdan Prezidentlikka nomzod Sh.Mirziyoyevning ishonchli vakili P.Axmedjanova bilan saylovoldi dasturi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda partiyaning viloyat Kengashi apparat rahbari Sh. Bozorboyeva, Shirin shahridagi partiya faollari, deputatlar va yoshlar ishtirok etdi.
Ishonchli vakil respublikamizda xotin-qizlar masalasiga alohida e’tibor berib kelinayotganligi, bugungi kunda ularning jamiyat hayotining barcha jabhalarida keng ishtirok etishini ta’minlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi. O’zbekistonda siyosatning bosh yo‘nalishlaridan biri-xotin-qizlar ahvolini yaxshilash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni ruyobga chiqarishda ularning faolligini yuksaltirish, davlat va jamiyat qurilishidagi o‘rni va rolini yanada oshirish, ayollarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilishdan iboratligi xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Viloyat kengashi deputati Bahrom Sobirov yurtimizda, xususan viloyatimizda ham ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha nomzodning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan yo‘nalishlarga alohida to‘xtaldi va saylovchilarni siyosiy muhim kunda yurt ertasini belgilashga daxldor munosib nomzodga ovoz berishga chaqirdi.
Tadbir g‘oyat ko‘tarinki ruhda o‘tdi va har bir ishtirokchi o‘ziga xos tanlovga ega bo‘ldi.
O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring