Ishonchli vakil Mirzo Ulug‘bek tumani saylovchilari bilan muloqot qildi

30.09.2021, 16:15

Ishonchli vakil Mirzo Ulug‘bek tumani saylovchilari bilan muloqot qildi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili R. Kalanovning  Toshkent shahridagi Inxa universitetida Mirzo Ulug‘bek tumani saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Nomzodning ishonchli vakili nomzodning hayoti va siyosiy faoliyati hamda saylovoldi dasturiga to‘xtalib o‘tdi. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini  ishtirokchilarga aniq misollar bilan yetkazdi. Jumladan, 2030 yilga borib, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming dollardan oshirib, daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish, kelgusi besh yilda sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 barobar, mehnat unumdorligini esa kamida 2 marta oshirish, 2026 yilga borib, xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 67 foizdan 80 foizga, eksport hajmida esa 32 foizdan 60 foizga o‘sishi ta’minlanishi beligilangan.

Bundan tashqari maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha tashkil etiladi. Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratiladi. Oliy ta’limda sifat va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026 yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi.

Ishonchli vakil ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.

Teglar
  • Ko'rildi
    225
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+