Ishonchli vakil oqoltinliklar huzurida
02.10.2021, 13:35
Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida “Inson qadri uchun” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ommaviy targ‘ibot tadbirida tumanda istiqomat qilayotgan turli soha vakillari, nuroniy va yoshlar ishtirokida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Prezidenlikka nomzodning viloyatdagi ishonchli vakili Pokiza Ahmedjanova yurtimizda keyingi besh yilda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi bugun shahar va qishloqlarimizda, hayotimizning barcha jabhalarida bo‘y ko‘rsatayotgani alohida e’tirof etdi. Ayniqsa, 2017–2021 yillarda mamlakatni rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib, uning doirasida 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod Prezident farmon va qarorlari qabul qilingani islohotlarning amalga oshirilishida dasturilamal bo‘lganligini aytdi.
Sirdaryo viloyatida, xususan Oqoltin tumanida aholining muhim ehtiyojlaridan biri bo‘lgan yangi uy-joylar barpo etish masalasiga e’tibor qaratdi. Beshqavatli zamonaviy uylar va ulardagi shart-sharoitlar harqanday yangi oilalarning orzusi. Shunga hamohang maktabgacha ta’lim tashkilotlarning davlat sherikchiligi asosida ishga tushirayotgan bog‘chalar bolakaylarning to‘la qamrab olinishiga yaxshi asos bo‘layapti. Yaratilayotgan ish o‘rinlari bevosita tadbirkorlar va ishbilarmonlarning sa’y-harakati bilan bo‘layotgani sir emas. Bir tadbirkor o‘nlab ish o‘rni yaratib, oilalar farovonligini oshirib, elning ravnaqiga hissa qo‘shayapti.
Islohotlar natijasida davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va adolatga asoslangan, odamlar manfaatiga xizmat qiladigan xalqparvar qarorlar qabul qilish tizimi shakllantirildi. Ko‘p yillar davomida amal qilib kelinayotgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili o‘zgardi. Mamlakatimizda avvalo, inson, keyin esa, jamiyat va davlat manfaati barcha harakatlarimizning negiziga qo‘yildi. Hayotimizda “Davlat – insonlar uchun” degan xalqchil g‘oya izchillik bilan qaror topib borayotganligi kun sayin oydinlashmoqda.
P.Axmedjanova Shavkat Mirziyoyevning keyingi besh yilga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining muhim jihatlari haqida ham yig‘ilganlarga ma’lumot berdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tuman Kengashi deputatlari Valijon Usmonov, Qimmatxon Berdiyorova, tuman imom xatibi Mansurxoji Ismoilov, yoshlar nomidan fikr bildirgan Mastura Rahmonovalar qo‘lga kiritilayotgan bu o‘zgarishlar bevosita Prezidentimiz – Shavkat Mirziyoyev nomi bilan bog‘liq ekanligini barcha bir ovozdan e’tirof etishdi.
Tadbir ishonchli vakil bilan nuroniylar va yoshlarning jonli muloqotlariga ulanib ketdi.
O'zLiDeP Sirdaryo viloyati Kengashi
matbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Istiqbolli rejalar - oliy maqsadlar ro‘yobiga xizmat qiladi
22.10.2021, 19:03
-
Fransiyalik xalqaro kuzatuvchilar bilan uchrashuv
22.10.2021, 18:59
-
Shavkat Mirziyoyev jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashdi
21.10.2021, 16:14
-
O’zLiDeP tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun brifing tashkil qilindi
20.10.2021, 17:03
-
Toshkentlik saylovchilar bilan ochiq muloqot bo‘ldi
19.10.2021, 16:44
Fikringizni qoldiring