Ishonchli vakil zangiotalik saylovchilar bilan dildan suhbatlashdi

12.10.2021, 12:01

Ishonchli vakil zangiotalik saylovchilar bilan dildan suhbatlashdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDeP dan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Ra’no Turdiboyeva Zannngiota tuman Madaniyat saroyida tuman faollari, mahalliy Kengashdagi partiya deputatlari, aholi hamda xayrixoh yoshlar vakillari ishtirokida tashviqot tadbiri o‘tkazdi.

Ishonchli vakil saylovchilarga Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston – inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlatdir” nomli saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Partiya nomzodining mazkur dasturi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan o‘nta ustuvor yo‘nalishdan iboratligini qayd etdi.

Shuningdek, dasturdan o‘rin olgan, iqtisodiyotni ilm va yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish, faol tadbirkorlik va manzilli moliyaviy ko‘mak orqali kambag‘allikni qisqartirish, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, aholi salomatligini mustahkamlash, hududlarni mutanosib rivojlantirish, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, ochiq va pragmatik tashqi siyosat yuritish, madaniy-ma’naviy sohalarni yuksaltirish yo‘nalishlarini xalqchil tilda izohlar keltirish bilan yoritib berdi.

Ishonchli vakil Ra’no Turdiboyeva nomzodning kelgusi besh yillikka mo‘ljallangan dasturida mahallalarda tadbirkorlikni keng joriy etish orqali yangi ish o‘rni yaratish, transport, ta’lim, tibbiyot, ekologiya va boshqa ijtimoiy sohalardagi rejalari haqida ham batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlarning bosh maqsadi – inson qadrini ulug‘lash, xalqni rozi qilishga qaratilganini ta’kidladi.

- “Mana shunday inson qadrlanib yashaydigan jamiyat va davlatni barpo etish uchun bizda barcha imkoniyatlar – tabiiy resurslar ham, iqtisodiy, insoniy, intellektual va ma’naviy salohiyat ham yetarli, faqat ozgina sabr va shijoat kerak”, – dedi Ra’no Turdiboyeva.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan Zangiota tumanidagi o‘zgarishlar qayd etib o‘tildi. Oxirgi besh yilda amalga oshirilgan islohotlar natijasida qad rostlagan inshootlar, ro‘y bergan yangilanishlar Shavkat Mirziyoyevning insonparvar siyosati bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlandi.

Tashviqot uchrashuvida so‘z olganlar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab, boshqalarni ham shunga chaqirishdi.

 O’zLiDeP Toshkent viloyat kengashi

matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    328
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+