Ishonchli vakil “Shukur Burxonov” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi

12.10.2021, 12:03

Ishonchli vakil “Shukur Burxonov” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi

O`zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodning ishonchli vakili Rustam Kalanov Mirzo Ulug‘bek tumani “Shukur Burxonov” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini ishtirokchilarga yetkazdi. Jumladan, maktabgacha ta’limdagi qamrov darajasi hozirgi 62 foizdan kamida 80 foizga yetkaziladi. Buning uchun qo‘shimcha ravishda 7 mingdan ziyod yangi bog‘cha tashkil etiladi. Oliy ta’limga qamrov darajasini 50 foizga yetkazish bilan birga, asosiy e’tibor ta’lim sifatini oshirishga qaratiladi. Oliy ta’limda sifat va raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida 2026 yilgacha xususiy oliygohlar soni kamida 50 taga yetkaziladi. Butun mamlakatimiz bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi tatbiq etiladi. “Yangi O’zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturi ishlab chiqiladi. Ijodkor ziyolilarga doimiy e’tibor qaratish, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlarni ushbu sohadagi siyosatning muhim yo‘nalishlari sifatida davom ettiriladi.

Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya qilish masalalari bundan buyon ham ustuvor tarzda diqqatimiz markazida bo‘ladi. Ishonchli vakil boshqa sohalar bo‘yicha ham qilinadigan ishlar to‘g‘risida gapirib o‘tdi va ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga aniq, javoblar qaytardi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslab berdi. Uchrashuv ko‘tarinki ruhda, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

O`zLiDeP Toshkent shahar kengashi

matbuot xzimati

Teglar
  • Ko'rildi
    279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+