Ishonchli vakil sardobalik saylovchilar bilan dildan suhbatlashdi

14.10.2021, 20:08

Ishonchli vakil sardobalik saylovchilar bilan dildan suhbatlashdi

"Inson qadri uchun" shiori ostida aholi o‘rtasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O’zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat  Mirziyoyevning ishonchli vakili Pokiza Axmedjanova Sardoba tumanidagi musiqa va san’at maktabida saylovoldi dasturi targ‘ibotini o‘tkazdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil nomzodning saylovoldi dasturidan keng o‘rin olgan kelgusi besh yillikdagi aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha aniq rejalar, yangi g‘oyalar, tashabbuslar, loyihalar haqida fikrlarini bildirdi.

-Ayniqsa, nomzodning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyat uchun alohida dasturlar belgilaganligi haqidagi xabarlar  barchani quvontirdi. Sababi, 2000 dan ortiq loyihalar viloyatning iqtisodiy, ijtimoiy quvvatini oshirish uchun tayyorlanib, unga 5 millon dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi ham fikrimizning isbotidir, - dedi Pokiza Axmedjanova.

Tadbirda ishtirok etganlar nomidan so‘zga chiqqan mehnat fahriysi Otabek Egamberdiyevning dil so‘zlari ko‘pchilikning fikrini anglatdi, desak mubolag‘a emas.

-Bu insonning kuch-quvvati va g‘ayratiga tan bermay iloj yo‘q. Eslamasak ham, har kuni tongdagi shukrona bilan yodimizga tushadigan Sardoba voqeasida hamma tahlikada qolgani rost. Bitta qushning uyi buzilsa qancha ko‘ngling buziladi. Endi butun bir qishloqlar, ovullar suv ichida qoldiku?! Ko‘z yoshlarimiz oldida oqqan suvlar arzimas edi. Ana shunday kunda Shavkat Mirziyoyev har birimizning yelkamizni silab, dalda berdi. Bitta g‘ishtning tashvishini qilmasdan, hamma sharoitlari muhayyo yangi uylarga ko‘chib kirdik. Men hamma sardobaliklar nomidan Shavkat Mirziyoyevga ovoz beramiz, deb baralla aytaolaman.

Tadbirda  O’zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi apparat rahbari Shohista Bozorboyeva, sardobalik partiya faollari, deputatlar ishtirok etdi va so‘zga chiqishdi.

O’zLiDeP Sirdaryo  viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

Teglar
  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+