Xorazmda kuz-qish mavsumiga tegishli tashkilotlarning tayyorgarlik holati qanday?

04.11.2021, 11:52

Xorazmda kuz-qish mavsumiga tegishli tashkilotlarning tayyorgarlik holati qanday?

Ana shu savolga javob topish, kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji qay darajada ta’minlanayotgani, bu borada mavjud muammolarni o‘rganish va hal qilish choralarini ko‘rish maqsadida Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Xorazm viloyat va Urganch shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, taklif qilingan 10 dan ortiq idora va tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.       

Kuz-qish mavsumida aholi va iqtisodiyot-ijtimoiy sohalar ehtiyojini ta’minlash, ayniqsa fuqarolarning mazkur davrda sharoitini yanada yaxshilash va sovuq fasllardan talofatsiz chiqishlarini ta’minlash, aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim maskanlari, tadbirkorlik subeklari va inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan barcha joylarda gaz, suv, issiq suv, ko‘mir, elektr energiyasi va shu kabilarning zaxiralari yaratilganligi, bu boradagi qurilish-montaj ishlari, ularning aholiga vaqtida yetkazilish choralarini ko‘rish borasida 3 ta masalaga alohida ahamiyat qaratildi.

Yig‘ililshda “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ texnik direktori O.Rajabov, joylarda gaz va ko‘mir ta’minoti bo‘yicha Atajanov Allabergan, Raxmonov Hamdamlarning, tibbiyot muassasalari, sog‘liqni saqlash tizimi borasida B.Boynazarov, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasidan O’.Yaqubovlarning hisobotlari tinglandi va takliflari o‘rganildi.

Sovuq kunlarda gazdan uzilgan aholini sifatli ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash borasida ham qator ishlar amalga oshirilgan. Shu kunga qadar ijtimoiy soha ob’ektlari maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari va tibbiyot muassasalari to‘liq ko‘mir bilan ta’minlangan. 1238 ta temir daftarda turuvchi oilalarga bepul ko‘mir tarqatilishi rejalashtirilgan. 

Shuningdek, eshituv davomida tashkilotlar va deputatlar tomonidan bir qator muammolar ham o‘rtaga tashlanib birgalikda yechim topish choralari ko‘rildi. Xususan, Gurlan tumanidagi “O’yilma” mahallasidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurib foydalanishga topshirilishi arafasida ammo, mazkur ta’lim tashkilotini elektr energiyasiga ulash ishlari kechikmoqda. Bog‘ot tumani “Mehnat guli” mahallasida elektr tokining pastligi ham aholini qiynamoqda. Urganch shahridagi ruhiy kasalliklar dispanseri kanalizatsiya tizimini rekanstruksiya qilish zarur. Ko‘tarilgan bu kabi muammolar deputatlar tomonidan tuman, shahar va viloyat Kengashi sessiyasiga kiritilib, mahalliy buyudjet mablag‘larini yo‘naltirgan holda ijobiy hal etilishiga kelishib olindi.

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+