Qonunchilik palatasi deputati Oqdaryolik saylovchilarning muammolarini o‘rgandi
30.11.2021, 12:24
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Salixov aholi muammolari o‘rganish uchun Oqdaryo tumanidagi 2 – son kasb-hunar ta’lim maktabida mahalla faollari, tuman tashkilot rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari bilan uchrashdi.
Unda fuqarolarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, xususan, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan tashabbuslar va hayotga tadbiq etilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, deputat 2-sektor hududidagi Taraqqiyot mahallasida ham bo‘ldi va saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi muammolar, murojaatlarni tingladi. Muloqot davomida elektr ta’minotidagi muammolarqabul qildi. Tadbirda elektr ta’minoti, tabiiy gaz, ichki yo‘llar kabi masalalarda duch kelayotgan muammolar o‘rtaga tashlandi. Xalq vakili ushbu murojaatlarni o‘z vaqtida hal qilish borasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ qurilish boshqarmasi, tabiiy gaz, yo‘l masalalari bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Yuzma-yuz muloqotda aholini qiynayotgan boshqa muammolarni ham o‘rganildi. Fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
Oqdaryo tumani 4-sektor O’rmon xo‘jaligi hududidagi 5 gektar yer maydonida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi doirasida navbatdagi keng ko‘lamli tadbir o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Erkin Salixov ishtirok etib, tumanda “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida amalga oirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda manzarali ko‘chatlari o‘tqazishda hasharchilarga ko‘maklashdi.
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring