Deputatlar daraxt ekish jarayonlarida faol qatnashdi

01.12.2021, 11:36

Deputatlar daraxt ekish jarayonlarida faol qatnashdi

Farg‘ona shahridagi “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etiladigan Ekoshaharda 70 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Yangi O’zbekiston” bog‘ida bugungi kunda daraxt ekish ishlari qizg‘in tus olgan.

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari Mavludaxon Ibragimova va Bahrom Rahmonaliyevlar ham yangi bog‘da daraxt ekish jarayonlarida faol qatnashdilar. Deputatlar tomonidan o‘nlab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ezgu niyatlar bilan yerga o‘tqazildi.

–  Daraxt – hayot, ezgulik ramzidir. Shuni yurakdan his etib biz ham bugun ezgu ishga mahkam bel bog‘ladik. Albatta kun kelib, bu ko‘chatlar azim daraxt bo‘ladi. Uning soya-salqinidan kelajak avlod bahramand bo‘ladi, – deydi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Bahrom Rahmonaliyev.

Sh.To‘xtamatov,

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi

Matbuot kotibi.

  • Ko'rildi
    504
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+