Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi
09.02.2022, 18:25
To‘rtko‘l tumani ko‘p tarmoqli texnikumida To‘rtko‘l axborot kutubxonasi hamda To‘rtko‘l ko‘p tarmoqli texnikum jamoasi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda axborot kutubxona qoshida tashkil qilingan "Onajonim she’riyat" klubi a’zolari hamda texnikum talabalari adabiy-badiiy chiqishlari bilan Navoiy bobomizga o‘zlarining ehtiromini bildirishdi.
Tadbirda so‘z olganlar Alisher Navoiy jahon adabiyotining sara namunalari sirasiga kiradigan, halollik va adolat, ma’naviy yetuklik g‘oyalarini tarannum etuvchi, insonlarni komillikka chorlovchi asarlari bilan tom ma’noda xalqimizning faxriga aylanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan keyin so‘zga chiqqan O’zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, AKM mutaxassisi, M. Yusupova, 29-maktabning ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi M. Hamroyeva buyuk mutafakkir alloma to‘g‘risida gapirdilar.
Insonga bo‘lgan muhabbat, uning g‘ami, tashvishi bilan yashash Navoiyga xos fazilatdir. Aynan ushbu jihatlar adabiy-badiiy, ma’rifiy tadbirning mazmun-mohiyatini tashkil qildi.
To‘rtko‘llik yoshlar tomonidan Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi. O’qituvchilar, san’atkorlar ijrosida shoir she’riyati asosida yaratilgan qo‘shiqlar aytildi, mumtoz musiqalar yangradi.
Har bir chiqishda Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Tuman mahalla jamoat fondi tomonidan bilim dargohi va Axborot kutubxona markaziga kitoblar taqdim qilindi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Keng qamrovli hamkorlik darajasiga erishish yo‘lida
20.05.2024, 11:52
-
Madaniyat — xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasi
18.05.2024, 16:04
-
Eng faollari saralanyapti
18.05.2024, 15:16
-
100 nafar xotin-qizni ishli qilgan tadbirkor ayol tanlovning mahalla bosqichi g‘olibi bo‘ldi
18.05.2024, 15:03
-
Shahrisabz tumanidagi 21 ta mahallasining ishbilarmon ayollari o‘zaro bellashdilar
18.05.2024, 14:24
Fikringizni qoldiring