Deputatlar aralashuvi bilan “Dehqonobod” va “Varq” mahallasida gaz bosimi ko‘tarildi
22.02.2022, 17:34
Karmana tumani “Dehqonobod” va “Varq” mahallasi aholisi shu kunlarda hududda tabiiy gaz bosimining pastligi, xususan tungi vaqtda bu masala muammoga aylanayotgani xususida yuqori tashkilotlarga bir necha bor murojaat etishdi.
Kuni kecha xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati S.Bozorova hamda xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati O.Aslonov o‘zlari saylangan mahallalar hududida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.
Muloqot davomida aholi tabiiy gaz bosimining pastligi, natijada nafaqadagilar, ayniqsa, yosh bolali oilalar qiynalib qolayotganini bayon qilishdi.
Deputatlar bu masalani shu joyning o‘zida hal etish uchun “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialiga murojaat etishib, mutasaddi tashkilot rahbarini mahalla binosida, gazdan qiynalgan ikki mahalla a’zolari bilan yuzlashtirishdi.
“Dehqonobod” va “Varq” mahallalaridagi gaz bilan bog‘liq muammo darhol nazoratga olinib, deputatlar aralashuvi bilan ijobiy hal etildi.
M.Pirnafasova,
O’zLIDeP Navoiy viloyati Kengashi
jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh
16.05.2024, 12:38
-
Deputat ehtiyojmand oilalarga quvonch ulashdi
16.05.2024, 12:34
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Ipak qurti boqsangiz mehnat stajiga ega bo‘lasiz va nafaqa olishingiz mumkin
16.05.2024, 12:11
-
O‘zLiDeP va “Amanat” vakillari muloqoti
16.05.2024, 11:58
Fikringizni qoldiring